06/12/2024

     O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan.

     Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat suvereniteti, jamiyatda tinchlik va totuvlik tamoyillariga rioya etish, hayotimizning barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishning kafolatidir.

     Andijon viloyati statistika boshqarmasi jamoasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi bilan barcha vatandoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.