06/12/2024

     Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan 2024-yil 6-dekabr  kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi “Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi mening faxrim”mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi.

     Konstitutsiyamiz mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch-osuda, farovon hayotini ta’minlashning muhim asosidir. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatchilik, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi. Bosh qomusimizda xalqimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlari o‘z aksini topganini ifoda etadi.

     Yangi O‘zbekiston — ijtimoiy va dunyoviy davlat Konstitutsiyamiz Muqaddimasida davlat va jamiyat taraqqiyotining huquqiy mafkurasi, xalqimiz Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida tayanadigan konstitutsiyaviy qadriyatlar va tamoyillar aniq belgilab berilgan.

     Konstitutsiyada xalqimizga xos mehr-oqibat, o‘zga millat vakillariga hurmat, bilimga intilish, or-nomus va qadr-qimmat, bag‘rikenglik va hayo kabi fazilatlar o‘z ifodasini topdi. Unda muqaddas Vatanimiz xalqiga xos adolat, rostgo‘ylik, olijanoblik, mardlik va saxovat kabi yuksak fazilatlar ham mujassam etildi.

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya