Joriy yilning 6-dekabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida fuqarolar ongiga Konstitutsiya va qonunlarga hurmat ruhini singdirish va ularning bilimlarini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.
Tadbirda Andijon viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti S. To‘xtasinov ishtirokchilarga Konstitutsiyaning mazmun–mohiyati, unga kiritilgan o‘zgarishlar, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda burchlari to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi.
Bundan tashqari tadbir davomida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar, sabablar va ularni oldini olish, korrupsiyaviy jinoyatlarning oqibatlari, O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi axborot-izlash tizimi (LexUZ tizimi) haqida ham tushuntirishlar berildi.