27/11/2024

     2024-yilning yanvar-oktabr oylarida Andijon viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

     - binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi 75,7 % ulushni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 153,9 % ni tashkil etdi;

     - fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 16,8 % ulushni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 150,2 % ni tashkil etdi;

     - ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 7,5 % ulushni va 2023-yilning mos davriga nisbatan 124,6 % ni tashkil etdi.