15/11/2024

     2024-yil 15-noyabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida “Jaholatga qarshi maʼrifat”  mavzusida  navbatdagi ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. 

     Hozirgi kunda yoshlarimizni ozdirishga va o‘zlarini puch g‘oyalari bilan zaxarlashga qilinayotgan harakatlar barchamizni tashvishga solmoqda. Oqibatda esa bunday mafkuraviy xurujlar natijasida ba’zilar o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtidan, ota-onasidan tonib, unga xiyonat qilib, vatanparvarlik tuyg‘ularidan mahrum bo‘lib, insoniylik tabiatidan ham chiqib qolganini o‘zlari tushunmayapti. Muxtasar qilib aytganda, yoshlarimizning ma’naviy olamida bo‘shlik bo‘lmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini yoshlik paytidan boshlab shakllantirish zarur.

     Vaqtimizni g‘animat bilib, o‘zimizni ham bolalarimizni ham ilm, kasb-hunar, sport va manfaatli ishlar bilan mashg‘ul qilishimiz barchamiz uchun  foydalidir. Chunki xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishlariga bog‘liq. Farzandlarimizga Vatan, millat va diniga muhabbatli bo‘lish hissini uygotish, xiyonat, sotqinlik, beparvolik kabi illatlarga “Jaxolatga qarshi ma‘rifat” bilan qarshi kurashishni shakllantirish lozim.