Bugun, 27-oktabr mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu saylov jarayonlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Andijon viloyati Statistika boshqarmasi hamda tuman-shahar statistika bo‘limlari xodimlari ham oʻz fuqarolik burchlarini ado etgan holda faol ishtirok etishmoqda.
Bu kabi siyosiy tadbirlarda faol qatnashish, o‘z kelajagi uchun munosib nomzod va partiyaga ovoz berish har bir fuqaro, har bir yurtdoshimizning burchidir.