Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
O‘rganishlar jarayonida ba’zi mahallalarda raqamlashtirish ishlari to‘liq yakunlanmagani hamda nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar borligi aniqlanmoqda.
O‘rganish natijalari bo‘yicha hududlar kesimida tahliliy ma’lumotlar tayyorlanmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida mahalliy hokimliklarga doimiy ravishda axborot kiritilib, zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.