24/10/2024

     Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Andijon viloyatida 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi – 31 888,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

     Shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 31 096,8 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 628,6 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 162,6 mlrd. so‘mni tashkil qildi.