Andijon viloyatida 2024-yilning yanvar-avgust oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 740,4 mlrd. so‘mga yetdi.
Hududlar orasida ta’lim sohasidagi eng katta hajm Andijon shahriga to‘g‘ri keladi.
2024-yilning yanvar-avgust oylari davomida mazkur hududda ushbu turdagi xizmat hajmi 297,3 mlrd so‘mga yetdi.
Xizmatlarning umumiy hajmidagi ulushi 5,1 % ni tashkil etdi.