15/10/2024

     Joriy yilning 15-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boʻlimi xodimlari uchun murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi nazorati tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2_-15_10_24vcvc7j1a0824

     Shuningdek, yig‘ilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boshqarmasi boshlig‘i Gulbaxor Salixova hukumat qarorlari ijrosi bo‘yicha bajarilayotgan ishlar, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar,  jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, hamda ijro intizomi nazoratiga oid ma’lumotlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti haqida batafsil tushuntirib berdi.
3

4

     Tadbirda Statistika agentligi tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari  hamda ish yuritish va hujjatlar bilan ishlashda ijro intizomini mustahkamlash, xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 11- sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” O‘RQ-445-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 31- maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta'minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida PQ-5132-son qarorida belgilab berilgan vazifalar yuzasidan hududiy statistika boshqarmalari xodimlari bilan fikr almashildi.
5_-15_10_24cvxc7j1a0812

     Vebinar yakunida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boʻlimi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.