Viloyat bo‘yicha 2024-yilning yanvar-avgust oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 2 403,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, 2023-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 113,6 % ni tashkil etdi.
Shu jumladan, 12-bozor va 12-bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 1 066,3 mlrd. so‘mni hamda chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 1 337,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.