11/10/2024

     2024-yil 11-oktabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida “Yangi Oʻzbekiston istiqboli uchun masʼulmiz!” mavzusida  navbatdagi ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. 

     Yoshlar — har qanday jamiyatning ertasi. Ular tom maʼnoda, Oʻzbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi hisoblanadi.  Zero, Yangi Oʻzbekiston yoshlari — kelajagimiz va istiqbolimiz poydevoridir.

     Bugun yurtimizda ularning zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallashi uchun barcha kuch va imkoniyatlar ishga solinayotgani, xususan, Prezident va ijod maktablari tashkil etilayotgani zamirida katta maʼno mujassam. Hozir biz zamonaviy talablar asosida jihozlangan, barcha shart-sharoitlarga ega oʻquv binolarida taʼlim olayotgan yoshlarning yutuqlari bilan haqli ravishda faxrlana olamiz.

     Bugungi Yangi O‘zbekistonimizda olib borilayotgan  islohotlarni amalga oshirishda barcha fuqarolarimiz fidoiylik ko‘rsatishi kerakligini yana bir bor yig‘ilish qatnashchilariga ta’kidlab o‘tildi.