Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Jumladan, joriy yilning 8-oktabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi ro’yhatga olish jarayonlarini tashkil etish va o’tkazish bo’limi bosh mutaxassisi B.Izbosorov tomonidan Andijoni tumani O'rikzor-2 MFYda xonadonlar raqamlanish holati hamda nomi o‘zgargan ko‘chalarga yangi nom belgilarini o‘rnatish jarayoni o‘rganildi.