07/10/2024

     Joriy yilning 7-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Statistika boshqarmalarining Narx statistikasi boʻlimi xodimlari uchun narxlar statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2_-07_10_20247j1a9991_p72922

     Shuningdek, vebinarda xodimlarga narxlar statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Narx kuzatuvlarini oʻz vaqtida sifatli oʻtkazish tartibi boʻyicha misollar bilan koʻrsatildi hamda xodimlarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.
3_-07_10_20247j1a9998_p77195

4_-07_10_20247j1a0002_p92309

     Vebinar yakunida Narx statistikasi boʻlimi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.
5_-07_10_20247j1a0005_p22121