2024-yilning yanvar-avgust oylarida 23 ming nafar Germaniya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,2 ming nafarga yoki 29,4 % ga oshgan.
2024-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan Germaniya fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:
dam olish – 19 195 nafar;
qarindoshlarni yoʻqlash – 2 817 nafar;
xizmat yuzasidan – 951 nafar;
tijorat – 50 nafar;
oʻqish – 28 nafar;
davolanish – 7 nafar.