26/09/2024

     2024-yilning yanvar-avgust oylarida jami 74,7 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

     Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 34 ming nafarga yoki 83,6 % ga oshgan.

     Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

     Tojikiston — 57 380 nafar;

     Qozogʻiston — 8 542 nafar;

     Qirgʻiz Respublikasi — 6 704 nafar;

     Rossiya — 1 299 nafar;

     Turkmaniston — 672 nafar;

     Turkiya — 27 nafar;

     Afgʻoniston — 20 nafar;

     boshqa davlatlar — 84 nafar.