25/09/2024

     2024-yilning yanvar-avgust oylarida jami 97,4 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

     Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 60,7 ming nafarga yoki 2,7 barobarga oshgan.

     Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

     Turkmaniston — 60 289 nafar;

     Tojikiston — 29 168 nafar;

     Afgʻoniston — 2 125 nafar;

     Xitoy — 950 nafar;

     Turkiya — 822 nafar;

     Hindiston — 740 nafar;

     Qirgʻiz Respublikasi — 589 nafar;

     Janubiy Koreya — 507 nafar;

     AQSH — 320 nafar;

     Rossiya — 286 nafar;

     boshqa davlatlar — 1 634 nafar.