23/09/2024

     O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-son qaror ijrosini ta’minlash hamda statistika tizimi xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi markaziy apparati va hududiy boshqarmalari oʻrtasida sportning mini-futbol turi boʻyicha “Direktor kubogi” musobaqasi boshlandi.

     Mazkur musobaqada Statistika agentligi sport targʻibotchisi boshchiligida qur’a tashlash yoʻli bilan oʻzaro raqiblar aniqlandi hamda hakamlar tomonidan mini-futbol oʻyin qoidalariga ko‘ra nazoratga olindi.

2-rasm_p45356

     2024-yilning 20-sentabr kuni Farg‘ona shahrida sportning mini-futbol turi bo‘yicha Andijon, Namangan hamda Farg‘ona viloyati Statistika boshqarmalari xodimlaridan iborat bo‘lgan jamoalar ishtirok etishdi.

3-rasm_p94820

     Dastlabki saralash o‘yinida Farg‘ona viloyati Statistika boshqarmasi jamoasi 3-2 hisobida Andijon viloyati Statistika boshqarmasi jamoasini mag‘lubiyatga uchratib g‘alaba qozondi. So‘ngra, Namangan viloyati Statistika boshqarmasi jamoasi 7-5 hisobida Farg‘ona viloyati Statistika boshqarmasi jamoasini mag‘lubiyatga uchratib g‘alaba qozondi.

4-rasm_p44035

     Qizg‘in va shiddatli tarzda o‘tgan saralash bosqichining yakuniy o‘yinida Andijon viloyati Statistika boshqarmasi jamoasi 5-3 hisobida Namangan viloyati Statistika boshqarmasi jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, musobaqaning yarim final bosqichiga yo‘l oldi.

5-rasm_p53335

6-rasm_p85934

     Musobaqada faol ishtirok etgan jamoalarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

7-rasm_p59003

     Musobaqaning yarim final bosqichi o‘yinlari Toshkent shahrida joriy yilning oktabr oyida Xorazm, Samarqand, Andijon viloyati Statistika boshqarmalari hamda Statistika agentligining markaziy apparati xodimlaridan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya