20/09/2024

2024-yil 20-sentabr kuni Xalqaro tinchlik kuni munosabati bilan Andijon viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi.

Har yili 21-sentabr kuni xalqaro jamiyatchilik - Xalqaro tinchlik kunini nishonlaydi. Tinchlik bu juda ham tengsiz ne’matdir. Ammo, notinchliklar hukm surayotgan ba’zi joylarda bu ertak misolidir. Ular yerto‘lalarda, nostabillik va qo‘rquvda yashamoqda. Aynan o‘shalar uchun ham bu kun juda muhimdir.

Tinchlikning qanday ulug‘ ne’mat ekanini tasavvur qilish uchun har kuni xotirjamlik bilan ish va boshqa yumushlarga borib kelayotganimiz, farzandlarimizning xech qanday xavf-xatarsiz o‘qish va bog‘chaga qatnayotganini misol keltirish kifoya.

Tinchlik va baxt hammavaqt birga yuradi. Biz ham ona O‘zbekistonimizda baxt va farovonlikka erishmoqni istasak, bugungi dorilomon hayot, yashash lazzati, rizq-nasiba ne’mati, orzu-havaslarga erishmoq imkonidan unumli foydalanib, tom ma’noda tinchlik ne’matining qadriga yetaylik.