28/11/2024

     Odamlar hisobini yuritish amaliyoti ilk bor miloddan avvalgi 3-ming yillikdan boshlangan. Bu jarayon, dastlab, Osiyo va Afrika davlatlari, Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy va Yaponiyani qamrab olgan. Bu islohotdan ko‘zlangan maqsad soliq to‘lovchilar va askarlikka yaroqli aholi sonini aniqlash bo‘lgan. Ilk o‘rta asrlarda mazkur tartibot birmuncha takomillashgan. Aholini hisobga olish elementlari xo‘jaliklarning yozma kitoblar, kadastrlardagi tavsiflari bilan uyg‘unlashgan. Ularda odamlar yoki oilalar emas, balki, uy-joy kabi soliqqa tortish birliklari birinchi o‘ringa qo‘yilgan.

     Aholini ro‘yxatida joylashgan va butun Finlyandiyani o‘z ichiga olgan axborot tarkibi o‘zining keng qamrovli ekanligi bilan ajralib turadi. Axborot bazasi mamlakatning har bir fuqarosi haqidagi aniq va e’tiborga loyiq ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Fuqaro to‘g‘risidagi eng muhim ma’lumot uning ismi va familiyasi, tug‘ilgan joyi va sanasi, hamda fuqaroligidir. Shuningdek, fuqaroning oilaviy ahvoli (turmush o‘rtog‘i, farzandlari va ota-onasi) va yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumot ham muhimdir. Aholini universal ro‘yxatga olish 1665-yilda Yangi Fransiya (Kvebek) koloniyasida bo‘lib o‘tdi.

     AQSHda 1790-yilda to‘liq aholini ro‘yxatga olish ishlari olib borildi. O‘shanda o‘n etti nafar politsiya xodimi mamlakat bo‘ylab sayohat qilib, xonadonma xonadon yurib, oltita savolga javob to‘plashdi: uy egasining to‘liq nomi, o‘n olti yosh va undan katta yoshdagi ozod oq tanli erkaklar soni, o‘n olti yoshdan kichik bo‘lgan ozod oq tanli erkaklar soni, ozod oq tanli ayollar soni, boshqa ozod shaxslar soni, qullar soni. O‘ttiz yil o‘tgach, Italiya, Ispaniya, Angliya, Irlandiya, Avstriya, Fransiyada ro‘yxatga olish vaqti keldi. 1851-yilda Xitoyda, keyin Yaponiyada (1871) va nihoyat Rossiyada aholi ro‘yxatga olindi. Zamonaviy bosqich XX-asrning o‘rtalaridan boshlandi. XX-asrning oxiriga kelib, aholini ro‘yxatga olish dunyoning deyarli barcha hududini qamrab oldi.