2024-yilning yanvar-iyul oylarida taʼlim sohasidagi xizmatlar hajmi 13,5 trln soʻmni yoki koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,3 % ini tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 20,9 % ga oʻsgan.
Taʼlim sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmida oliy taʼlim sohasidagi xizmatlar ustunlik qilib, 2024- yilning yanvar-iyul oylarida ularning ulushi 59,5 % ni tashkil etgan.