2024-yil 13-sentabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida “Oʻzbekiston yoshlarining huquqiy savodxonligi va qonun ustuvorligini taʼminlash tizimini yanada isloh qilish” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi.
Huquqiy madaniyat - bu kishilarning huquqiy bilim darajasi, huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquni hurmat qilishi va unga rioya qilishidir Huquqiy madaniyat jamiyat umumiy madaniyatining uzviy tarkibiy qismidir.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z Mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab yosh avlodning barkamolligi, mustaqil fikrli va mas’uliyatli bo‘lishi hamda milliy istiqlolni qadrlash, milliy qadriyatlarga chuqur hurmat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jismonan va ma’nan sog‘lom bo‘lishi uchun bir qator tizimli ishlarni amalga oshirdi. Shu bilan birga, ularning haq-huquqlari, qonuniy manfaatlarining himoyasini ta’minlash maqsadida huquqiy asoslar ham yaratildi.
Yoshlardagi yuqori huquqiy savodxonlik demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu qatorda, bugungi islohotlarning mohiyatini tushunishda, ularni amalga oshirishda yoshlarning yanada faol ishtirokini ta’minlaydi. Bu darajaga esa tizimli va doimiy huquqiy tarbiya orqali erishish maqsadga muvofiqdir.