12/09/2024

     Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 12-sentabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimlari xodimlari uchun “Tajriba tariqasida aholini roʻyxatga olishning tashkiliy rejasini tuzish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning muhokamasi” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.

2_-12_09_20247j1a4045

     Mazkur vebinarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024- yil 4- martdagi PQ-114-son qarorida aholini roʻyxatga olish masalalari boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar, aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va tashkiliy rejasini tuzish tartibi toʻgʻrisida batafsil tushuntirib berildi.

3_-12_09_20247j1a4052

4_-12_09_20247j1a4062

     Vebinar yakunida Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi xodimlariga oʻtilgan mavzu yuzasidan test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.
5_-12_09_20247j1a4058