09/09/2024

     Oʻzbekiston 2024- yilning yanvar-iyul oylarida qiymati qariyb 1,8 mlrd AQSH dollarlik toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.

     Bu koʻrsatkich umumiy eksportning 12 % ini tashkil etgan.

     Eksport qilingan toʻqimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor toʻqimachilik mahsulotlari (38,5 %), kalava-ip (45,8 %) asosiy ulushni egallagan.

     2024- yilning yanvar-iyul oylarida dunyoning 55 ta davlatiga toʻqimachilik mahsulotlari eksport qilingan.

     Toʻqimachilik mahsulotlari tarkibida:

     kalava-ip – 813,4 mln;

     tayyor toʻqimachilik mahsulotlari – 684,9 mln;

     trikotaj mato – 169,3 mln;

     gazlamalar – 86,3 mln;

     paypoq mahsulotlari – 23,8 mln.