05/09/2024

     2024- yilning yanvar-iyul oylarida jami 3 382,1 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

     Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 890,5 ming nafarga yoki 35,7 % ga oshgan.

     Joriy yilning yanvar-iyul oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

     Qirgʻiz Respublikasi – 1 577 ming nafar;

     Tojikiston – 676,4 ming nafar;

     Qozogʻiston – 526,4 ming nafar;

     Rossiya – 159,7 ming nafar;

     Turkiya – 123 ming nafar;

     Saudiya Arabistoni – 106,5 ming nafar;

     BAA – 70,6 ming nafar;

     Misr – 22,2 ming nafar;

     Quvayt – 16,7 ming nafar;

     Janubiy Koreya – 12,3 ming nafar;

     boshqa davlatlar – 91,5 ming nafar.