30/08/2024

     Andijon viloyati statistika boshqarmasi jamoasi sizni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!

     Shunday qutlug‘ damda yurtimizga tinchlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilab qolamiz!

     Siz bilan biz shunday baxtli odamlarmizki, mana 33 yildan buyon ajdodlarimiz uzoq yillar orziqib kutgan erkin va ozod mamlakatda yashayapmiz. Eng muhimi, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash va uning taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo’shilishiga o’z mehnatimiz bilan hissa qo’shmoqdamiz.

     Mustaqillik bizga milliy o‘ziga xosligimizni, or-nomus va g‘ururimizni, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarimiz bilan faxrlanish hissini qaytargan bayram sifatida abadiy qoladi va jonajon Vatanimiz yilnomasiga oltin harflar bilan yoziladi.

     Yana bir bor mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!

    Andijon viloyati Statistika Boshqarmasi