29/08/2024

     Joriy yilning 29-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari boʻlimi xodimlari uchun statistika faoliyatini tashkil etish, profilaktika ishlari hamda xalqaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

     Vebinarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4- martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-sonli qarorini mazmun-mohiyati bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi, shuningdek qaror talablaridan kelib chiqqan holda statistika organlarining vazifalari muhokama etildi.

2_-29_08_2024fdfdf7j1a2456

     Shuningdek, vebinarda xodimlarga statistika dasturlarining ijrosi monitoringini yuritish tartiblari, statistika sohasida huquqbuzarlikni profilaktika qilish va ma’muriy amaliyot, rasmiy statistikani tarqatish idoraviy siyosati, statistika byulletenlarini rasmiylashtirish, statistika to‘plamlarini shakllantirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar, “MHT–2008” xalqaro uslubiyoti: o‘zgarishlar, tavsiyalar va ularni joriy etish, YAIM (YAHM) va tarmoqlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat shakllanishining xususiyatlari bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

3_-29_08_2024hjgg7j1a2512

     Ushbu yo‘nalishlardagi vazifalar hududlar kesimida qanday amalga oshirilishi bo‘yicha koʻrsatmalar berilib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

4_-29_08_2024kfhghgh7j1a2458

     Vebinar yakunida Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari boʻlimi xodimlari test sinovlaridan otkazildi va ularning oʻtilgan mavzularni oʻzlashtirish darajasi baholandi.