Joriy yilning 23-avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi. Tadbirda viloyat statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti S. To‘xtasinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-avgust kungi Hududlarda sanoat salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-295-son Qarorining mazmun–mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan ma’ruza qildi.
Qarorga ko‘ra, tuman va shaharlarda sanoat korxonalari bilan ishlash bo‘yicha “respublika – viloyat – tuman” tamoyili asosida vertikal tizim yo‘lga qo‘yiladi.
Hududlarda sanoat korxonalari bilan manzilli ishlash maqsadida quyidagilar tashkil etiladi:
- tuman va shaharlarda hokimning birinchi o‘rinbosari boshchiligida soliq va statistika organlari, banklar va iqtisodiy infratuzilma korxonalarining rahbarlarini o‘z ichiga oluvchi hududiy shtablar;
- iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari rahbarligida hududiy shtablar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika shtabi.
2024-yil 1-sentyabrdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tarkibida 5 ta shtat birligidan iborat Sanoatni rivojlantirish yig‘ma bo‘limlari tashkil etilishi belgilanganligi qayd etildi.



