23/08/2024

     2024-yil 23-avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida Davlatimiz mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi.

     Barchamizga ma’lumki, 1991-yil 1-sentyabr tariximiz zarvaraqlariga oltin harflar bilan bitilgan kun. Chunki ushbu sanada vatanimiz “Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi” deb e’tirof etilgan.

     Hozirgi kunda jamiyatimizda tinchlik va barqarorlik, fuqorolar va millatlararo hamjamiyatlilik muhiti mustahkamlanmoqda. Yangi O‘zbekistonni barpo etish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning barcha jabhalarini erkinlashtirish, iqtisodiyot va uning tarmoqlarini xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

     “Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin” degan ibora chuqur ma’no-mazmuni bilan alohida o‘rin tutadi. Mustaqillik ana shunday buyuk qadriyatdir. Shuning uchun ham har yili mustaqillik bayrami va uni tantanali nishonlashga, ko‘tarinki ruhda o‘tkazishga alohida e’tibor qaratiladi.