23/08/2024

     O‘zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 2022-yil 17-avgustdagi Qonuniga asosan, joriy yilning 23-avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasining ishchi xodimlari o‘rtasida “Zaharlanganda, jarohat olganda, kuyganda qon ketishi, suyaklar sinishida o‘z-o‘ziga va boshqalarga yordam berish” mavzusi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

     O‘quv mashg‘ulot mavzusi yuzasidan boshqarmaning Texnika xavfsizligi va fuqaro muhofazasi 2- toifali muhandisi B. Asrankulov ma’ruza qildi. O‘quv mashg‘uloti mavzusi bo‘yicha xodimlar o‘rtasida baxs va munozaralar bo‘lib o‘tdi.