22/08/2024

     Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

     Jumladan, joriy yilning 22-avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari D.Yangiyev va Marhamat tumani statistika bo'limi boshlig'i J.Abdukarimov bilan birgalikda Marhamat tumani Oq Bosh MFYda xonadonlar raqamlanish holati hamda nomi o‘zgargan ko‘chalarga yangi nom belgilarini o‘rnatish jarayoni o‘rganildi