22/08/2024

     Respublikamizda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida jami 50 356 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.

     Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:

     savdo sohasida – 17 397 ta;

     sanoat sohasida – 9 063 ta;

     qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 5 660 ta;

     yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 4 128 ta;

     qurilish sohasida – 2 356 ta;

     axborot va aloqa sohasida – 1 905 ta;

     tashish va saqlash sohasida – 1 559 ta;

     sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 951 ta;

     boshqa sohalarda – 7 337 ta.