Joriy yiling 21-avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Yangiyev hamda Xonobod shahar statistika bo‘limi boshlig‘i M.Soliyev bilan birgalikda Xonobod shahridagi savdo nuqtalarida 5-narx (o‘rtacha) haftalik kuzatuvlarining nazorati bo‘yicha joylashgan dislokatsion nuqtalarda kuzatuvlar olib bordilar.
Kuzatuv jarayonida savdo do'konlardagi narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi o‘rganildi va narxlarni planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.