21/08/2024

     Dastlabki maʻlumotlarga asosan, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 48 603 tonna baliq ovlangan.

     Ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 4,6 % ga oʻsgan.

     Baliq ovlash umumiy hajmining eng yuqori ulushi Xorazm viloyati (17,4 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.

     Shu bilan birga, Toshkent (10,3 %), Jizzax (9,9 %) va Andijon (9,4 %) viloyatlarida ham baliq ovlashning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.