Joriy yilning 13-avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi statistik registrlarni yuritish boʻlimi tomonidan tuman (shahar) statistika boʻlim xodimlari uchun korxona va tashkilotlar yagona davlat registri (KTYADR) bazasini shakllantirish va ularni yuritish masalalariga oid ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.
Shuningdek, vebinarda xodimlarga korxona va tashkilotlar yagona davlat registri (KTYADR) bazasini shakllantirish va ularni yuritish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.
Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va eʻlon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.