07/08/2024

     2024-yilning yanvar-iyun oylarida 17,7 ming nafar Italiya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

     Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,3 ming nafarga yoki 91 % ga oshgan.

     2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan Italiya fuqarolari safar maqsadlari kesimida quyidagicha:

     sayyohlik – 16 088 nafar;

     xizmat yuzasidan – 835 nafar;

     qarindoshlarni yoʻqlash – 702 nafar;

     oʻqish – 66 nafar;

     tijorat – 9 nafar.