05/08/2024

     Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-iyun oylarida qiymati 1,5 mlrd AQSH dollarlik toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.

     Bu koʻrsatkich umumiy eksportning 11,8 % ini tashkil etgan.

     Eksport qilingan toʻqimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor toʻqimachilik mahsulotlari (38,1 %), kalava-ip (46,2 %) asosiy ulushni egallagan.

     2024-yilning yanvar-iyun oylarida dunyoning 55 ta davlatiga toʻqimachilik mahsulotlari eksport qilingan.

     Toʻqimachilik mahsulotlari tarkibida:

     kalava-ip – 708,6 mln;

     tayyor toʻqimachilik mahsulotlari – 584 mln;

     trikotaj mato – 144,1 mln;

     gazlamalar – 75,1 mln;

     paypoq mahsulotlari – 20,5 mln.