02/08/2024

     Joriy yilning 2 avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi. Tadbirda Andijon viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti S. To‘xtasinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyul kungi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-266-son Qarorining mazmun–mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan ma’ruza qildi.

      Yig‘ilishda  O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi axborot-izlash tizimi (LexUZ tizimi) haqida ham ma’lumotlar berilib, ushbu tizim normativ-huquqiy hujjatlarni oson hamda qulay shaklda izlash va ular bilan tanishish imkonini berishi ta’kidlandi. Xodimlarga ushbu tizim bo‘yicha tushuntirishlar berilib, uning imkoniyatlaridan keng foydalanish tavsiya etildi.

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya