Joriy yilning 31-iyul kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘I N.G‘.To‘xtaboyev va Oltinko‘l tumani statistika bo‘limi boshlig‘i A.Xoliqov bilan birgalikda Oltinko’l tumani “Ko‘makay” MFY da Dehqon va tоmоrqа xo'jaliklarining qishloq xo'jaligi faoliyatini tаnlаnmа kuzatuviga tayyorgarlik ishlari olib borildi.
Kuzatuv mobaynida Oltinko‘l tumani “Ko‘makay” MFY raisi bilan uchrashuv o’tkazildi hamda kuzatuvni sifatli hamda shaffof tarzda o’tishini taminlash yuzasidan mahalla raisi bilan fikr-mulohazalar almashildi.