Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Yangiyev va Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi ma'sul hodimlari bilan birgalikda joriy yilning 31-iyul kuni Shahrixon tumani Quruqsoy MFY O.Xusanboyevlar xonadonida uy xo'jaligi kuzatuvlari olib borilmoqda.
Mazkur kuzatuv ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida o‘tkazilayotganligi tushuntirildi hamda olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.