2024-yil 30-iyul kuni boshqarmada navbatdagi “Xalqaro do‘stlik kuni” munosabati bilan ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma boshliqlari hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar.
Do‘stga sadoqat, birdamlik kabi ezgu tuyg‘ular xalqimiz orasida qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan imzolangan 2021-yil 10-fevral kungi O‘RQ-672 qaroriga muvofiq Mamlakatimizda ham 30-iyul – Xalqaro do‘stlik kuni sifatida keng nishonlanadi.
Xalqimiz azaldan ardoqlagan do‘stlik – maqsadlarni mushtarak etuvchi, tinchlikni ta’minlovchi rishta. Xalqaro do‘stlik kunining keng miqyosda nishonlanishi bu rishtani yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Do‘stlik masofa tanlamaydi, til, din yoki irq bilan chegaralanmaydi. U nafaqat insonlarni, shuningdek xalqlarni va davlatlarni ham o‘zaro hurmat, ishonch asosida birlashtiradi.