26/07/2024

     Xalqaro statistika kongressi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti barcha davlatlarga davriy ravishda aholini roʼyxatga olishni oʼtkazishni tavsiya etadi. Mazkur tavsiyalarga koʼra davlatlar har 10 yilda kamida bir marotaba aholini roʼyxatga olish tadbirini oʼtkazadi.

     Аholini roʼyxatga olish tadbiri keng qamrovli tadbir boʼlib, mamlakatda yashovchi barcha aholiga oid boʼlgan demografik va ijtimoiy-iqtisodiy maʼlumotlarni yigʼish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va eʼlon qilishning yagona jarayoni boʼlib, aholi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarning asosiy manbai hisoblanadi.

     Аholini roʼyxatga olish – davriy oraliqda mamlakat hududidagi va uning kichik aholi punktlaridagi aholining rasmiy hisobga olish boʼlib, barcha aholining ijtimoiy va demografik tavsiflari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni yigʼish hisoblanadi.

     Аholini roʼyxatga olish sanasida Oʼzbekiston Respublikasi hududida boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslar, Oʼzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin aholini roʼyxatga olish sanasida uning hududidan tashqarida boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari- Respondentlar hisoblanadi.

     Roʼyxatga olish varagʼi- koʼrsatilgan savollar boʼyicha shaxsga doir maʼlumotlarni yozib olish uchun belgilangan shakldagi blanka.

     Roʼyxatga oluvchi xodimlar-Oʼzbekiston Respublikasining aholini roʼyxatga olishga tayyorgarlik koʼrishga va uni oʼtkazishga jalb etilgan, maxsus oʼquvdan oʼtgan voyaga yetgan fuqarolaridir.

     Аholini roʼyxatga olish tadbiri boshlanganidan soʼng roʼyxatga oluvchi xodimlar roʼyxatga olish varagʼida koʼrsatilgan savollar boʼyicha shaxsga doir maʼlumotlarni yozib olish uchun belgilangan uchastkadagi xonadonda yashovchi respondentlar bilan soʼrov oʼtkazadi.

     Respondentlar quyidagi huquq va majburiyatlarga ega:

     - oʼzining shaxsga doir maʼlumotlari nima maqsadda yigʼilayotganini, ushbu maʼlumotlardan kimva qanday tarzda foydalanishini bilish;

     -oʼzi uchun toʼldirilgan roʼyxatga olish varaqlari bilantanishib chiqish, roʼyxatga olish varaqlariga kiritilgan shaxsga doir maʼlumotlarning toʼliqligi va ishonchliligini aniqlashtirish;

     Roʼyxatga oluvchi xodimlardan tegishli guvohnomasini koʼrsatishni talab qilish, rad etilgan taqdirda esa-roʼyxatga olish varagʼidagi savollarga javob bermaslik;

     Roʼyxatga olish varagʼining shakliga binoan shaxsgadoir ishonchli maʼlumotlarni taqdim etish huquqiga ega.

     Respondentlar aholini roʼyxatga olishni oʼtkazishga monelik qilmasligi shart.