25/07/2024

     Andijon viloyati Statostika boshqarmasida boshqarma bosh yuriskunsulti S. To‘xtasinov tomonidan xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.07.2024 yildagi "Kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi VMQ-432-sonli qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar, xususan, quyidagi ma’lumotlar berildi:

     Qaror bilan quyidagi tartiblar tasdiqlandi:

  • tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan bajarilgan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish;
  • kichik sanoat zonalari ishtirokchilari va yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarining yosh tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan davlat ko‘chmas mulk ob’ektlari va yer uchastkalarini xususiylashtirish.

      Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga  yuqorida ko‘rsatilgan ob’ektlarni xususiylashtirish bo‘yicha vakolatlar berildi.

     Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.