25/07/2024

     2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 22,1 trln soʻm qurilish ishlari bajarilgan.

     2023-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 134,1 % ni tashkil etgan.

     Yirik korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining barcha turdagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 27,8 % ni tashkil etgan.