25/07/2024

     2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot (YAIM) o‘sishi 6,4 % ga yetgan.

     Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YAIM umumiy hajmining 95,8 % ini tashkil etib, 6,5 % ga o‘sgan.

     Mahsulotlarga sof soliqlarning YAIM tarkibidagi ulushi 4,2 % ni tashkil etdi va 2023-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 4,8 % ga o‘sdi.