23/07/2024

     2024-yilning yanvar-iyun oylarida Andijon viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

     - binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi 66,8 % ulushni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 85,7 % ni tashkil etdi;

     - fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 21,5 % ulushni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 215,0 % ni tashkil etdi;

     - ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 11,7 % ulushni va 2023-yilning mos davriga nisbatan 111,1 % ni tashkil etdi.