Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida Andijon viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi joriy narxlarda 33 056,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2023-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 7,2 % ga o‘sdi.
YAHM deflyator indeksi 2023-yilning yanvar-iyun oylari narxlariga nisbatan 112,0 % ni tashkil qildi.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Andijon viloyatining qo‘shgan hissasi 5,8 % ga yetdi.