19/07/2024

     Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

     Jumladan, joriy yilning 18-iyul kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi ro’yhatga olish jarayonlarini tashkil etish va o’tkazish bo’limi yetakchi mutaxassisi M.Turakulov tomonidan Buloqboshi tumani Qumariq MFYda xonadonlar raqamlanish holati hamda nomi o‘zgargan ko‘chalarga yangi nom belgilarini o‘rnatish jarayoni o‘rganildi.