19/07/2024

     Respondentlar — aholini roʼyxatga olish sanasida Oʼzbekiston Respublikasi hududida boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslar, Oʼzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin aholini roʼyxatga olish sanasida uning hududidan tashqarida boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari.

     Respondentlar tomonidan soʼrovnomada ishtirok etish jarayoni koʼrsatilgan boʼlib, ushbu soʼrovnomada turar joy maʼlumotlari (turar joy joylashgan hudud va uning xususiyatlari), uy xoʼjaligi aʼzolari tomonidan foydalaniladigan vositalar, uy xoʼjaligi aʼzolarining tarkibi va maʼlumotlari, ushbu turar joyda vaqtinchalik yashayotgan shaxslarning doimiy manzili boʼyicha maʼlumotlar kiritiladi.

      Soʼrovnoma savollariga javoblar ularning toifasiga qarab, Respondent tomonidan qoʼlda kiritiladigan (son yoki harflardan foydalangan holda, masalan koʼcha nomi, uy raqami), roʼyxatdan tanlab kiritiladigan (masalan, hudud nomi, jinsi) yoki taqvimdan foydalangan holda (masalan, tugʼilgan vaqti) maʼlumot kiritish mumkin. Shuningdek, ushbu soʼrovnomada savollar toifasiga qarab majburiy toʼldiriladigan (masalan, turar joy yoki shaxsga taalluqli savollar) va toʼldirilishi majburiy emas boʼlgan (masalan, uy xoʼjaligi aʼzolari tomonidan ishlatiladigan vositalar) savollarga ajratiladi.

     Ushbu soʼrovnomada bir-biriga zid keluvchi javob variantlari tanlanmasligi uchun qoʼshimcha mantiqiy nazoratlar oʼrnatilgan boʼlib, ushbu mantiqiy nazoratlar toʼldirilayotgan soʼrovnomalarning sifatini oshirish uchun xizmat qiladi.

     Ushbu mantiqiy nazoratlarga misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin:

     - 16 yoshdan kichik boʼlgan shaxslardan nikoh holati soʼralmaydi;

     - 7 yoshdan kichik boʼlgan shaxslar uchun maktabgacha taʼlim tashkilotiga bogʼliq maʼlumotlar soʼraladi;

     - Shaxsiy korxonasiga ega boʼlgan shaxslar yollanib ishlaydigan xodim sifatida koʼrsatib boʼlmaydi;

     - 7 yoshdan kichik boʼlgan shaxslardan qoʼshimcha suhbatlasha oladigan til haqida maʼlumotlar kiritish majburiy emasligi;

     - va boshqa mantiqiy nazoratlar.

    Respondentlar har bir shaklning tegishli savollariga javoblarni kiritganlaridan soʼng, soʼrovnoma sahifasining pastgi qismida keltirilgan “Keyingi shaklga oʼtish” tugmasini bosgan holda, keyingi shakl savollariga javoblarni kiritishlari mumkin boʼladi. Soʼrovnomaning soʼngi sahifasida esa sahifaning pastki qismida “Saqlash” tugmasini bosgan holda soʼrovnomani yakunlashlari mumkin boʼladi.

     Soʼrovnoma yakunlangandan soʼng, Respondentlarga Аholini roʼyxatga olish soʼrovnomasida muvaffaqiyatli oʼtganlari haqida xabar, toʼldirilgan soʼrovnomaning ID raqami va maxsus QR -kod taqdim etiladi.