16/07/2024

     2024-yilning yanvar-iyun oylarida jami 2 730,5 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

     Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 701,9 ming nafarga yoki 34,6 % ga oshgan.

     Joriy yilning yanvar-iyun oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

     Qirgʻiz Respublikasi – 1 251,5 ming nafar;

     Tojikiston – 560,6 ming nafar;

     Qozogʻiston – 420 ming nafar;

     Rossiya – 122 ming nafar;

     Saudiya Arabistoni – 104,6 ming nafar;

     Turkiya – 91,8 ming nafar;

     BAA – 62,6 ming nafar;

     Misr – 17,6 ming nafar;

     Quvayt – 16,7 ming nafar;

     Janubiy Koreya – 10 ming nafar;

     boshqa davlatlar – 73,1 ming nafar.